Anchelotti "Vilyarreal"ga qarshi durang haqida: "Real" bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinini o'tkazmadi"

Alisher
26 sen 2021, 09:30
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 7-tur doirasidagi "Vilyarreal" (0:0)ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Biz bosim o'tkazishga harakat qildik, ammo ular to'pni juda ajoyib harakatlantirishdi, uni nazorat qilishdi va biz uchun hayotni qiyinlashtirishdi. Biz ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazmaganimiz aniq. Kurtuadek darvozabonimiz borligi esa omadimiz. U ajoyib o'ynadi va haqiqatdan ham bizni qutqardi.

Durangdan xafa emasman, sababi "Vilyarreal" bilan shunday bo'lishi mumkin. Biz chempionatdagi yo'limizni davom ettirammiz. Men Modrich va Kazemiro charchadi deb o'ylamayman, ular Kamavingadek ko'p ishlashdi, shunday ekan bu ajablanarli emas. Ularning o'yinidan qoniqdim", - deydi Anchelotti.

"Real" 17 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda. "Vilyarreal" esa 8 ochko bilan 10-o'rinda joylashgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo