Anchelotti: "Real"ga transferlar kerak emas. Biz o'tgan yilgidan ham yaxshiroq ahvoldamiz"

Administrator
29 dek 2022, 23:30
Murabbiy yangi o'yinchilarga ehtiyoj sezmayapti.

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qishda yangi o'yinchilar sotib olmaydi.

"Qaytganimizdan mamnunman. Benzema biz bilan va u juda muhim o'yinchi. 

Taqvim bizga juda katta talablar qo'ymoqda. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, Ispaniya Superkubogi. Mart oyigacha ko'p o'yinlar bor.

Transferlar haqida gapiradigan bo'lsak, bizga yangi o'yinchilar kerak emas. Menimcha, biz o'tgan yilgidan ham yaxshiroq ahvoldamiz", -deydi Karlo Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Goal.com