Anchelotti PSJ bilan o'yin haqida: "Umid qilamanki, Benzema va Neymar o'ynay oladi"

Aziz Tukhtamuradov
12 fev 2022, 09:02
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti PSJga qarshi YCHL o'yini oldidan Karim Benzemaning holati haqida gapirdi.

"Umid qilamanki, Benzema va Neymar kabi ajoyib futbolchilar o'ynay olishadi. Agar zo'r o'yinchilar maydonga tushishsa, o'yin maksimal ravishda qiziq kechadi. 

Eng asosiysi - futbolchining sog'lig'i. Agar Benzema borasida qandaydir tavakkal kerak bo'lsa, buni qilmaymiz. Barchasini to'g'ri baholash kerak. Agar u seshanba kuni maydonga tushsa, demak xavf yo'q. 

Ko'ramiz, u yakshanba yoki dushanba kuni jamoa bilan mashg'ulot o'tkaza olarmikin. Barchasi shu kunlarda hal bo'ladi", - dedi murabbiy. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca