Anchelotti: "Ortimda bir necha ahmoqlar o'tirgandi"

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 13:28
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya chempionatining birinchi turida "Fiorentina" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Napoli" uchun bu yerda har doim qiyin bo'lgan. Chunki stadionda doimo yuqori atmosfera bo'lgan. Biroq 90-daqiqadan keyin muxlislar bizga qarata ko'plab xaqoratli so'zlar ishlatishdi.

Otam ushbu klubning muxlisi bo'lgan, shu boisdan ushbu klub muxlislaridan bularni eshitish yoqimsiz. "Fiorentina"ning ayrim muxlislariga bosh kiyimimni echaman. Biroq ortimdagi bir necha ahmoqlarni ko'rgim kelmayapti", - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia