Anchelotti: “Napoli” qishda hech kimni sotib olmaydi”

“Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qishda birorta ham transfer qilinmasligi haqida ma'lum qildi.

“To'g'risini aytadigan bo'lsak, biz hech kimni sotib olishga harakat qilayotganimiz yo'q. Hozirgi tarkib meni to'liq qanoatlantirmoqda. Jamoa o'ta raqobatbardosh. Har bir o'yinga futbolchi tanlashda menga oson emas. Kimningdir sotilishi esa jamoa o'yin sifatiga ta’sir qiladi. Shunday ekan, bizni hech kim tark etmaydi. Agar kyetishni xohlasa, istagan narx evaziga kyetishi mumkin. Ammo hozir hamma jamoadagi holatidan ozmi ko'pmi bo'lsa ham qoniqmoqda”,-deydi Anchelotti.


Manba: “Наполи” расмий сайти