Anchelotti Mbappening "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2024, 21:11
Murabbiy Karlo Anchelotti intervyusida Kilian Mbappedan ko'ra "Real" unga muhimroqligini aytdi.

- "Real"da baxtlisiz. Yaqin vaqtlarda Kilian Mbappe ham kelib qolsa...

- "Real" barchasidan muhim. Bu juda katta klub. Ushbu jamoani shug'ullantirayotganimdan faxrlanaman.

Klubimiz kuchli va katta ambiciyalarga ega, doimo g'alaba qozonishni istaydi. Biroq futbolchilar kollektivi ham muhim, bizda u ham juda kuchli, - dedi Anchelotti.

25 yoshli Kilian Mbappe yozgi transferlar oynasi vaqtida erkin agent sifatida "Real"ga o'tishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano