Anchelotti kechagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Khoja
18 apr 2024
Real Madrid ustozi Karlo Anchelotti jamoasining yarim finalga yo'l olgani haqida fikr bildirdi.

Biz o'yinni yaxshi boshladik, goldan so'ng biz himoyaga o'tishga majbur edik. Man Siti o'yinni nazorat qildi, sababi biz himoyaga juda qattiq o'tirib olgandik. Uchrashuv shu tarzda davom etdi. Penaltilar seriyasiga yetib olganimizdan so'ng bugun g'alaba biz tomonda bo'lishini his qildik. Bu hozirgi Manchester Sitini mag'lub etish mumkin bo'lgan yagona yo'q. Barcha imkoniyatidan kelib chiqib g'alaba uchun harakat qiladi. Biz ham bugun qattiq mehnat qildik, ko'p narsadan voz kechdik va g'alabani qo'lga kiritdik, - dedi Anchelotti.


KhojaMuallif
Manba: championat.com