Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi

Administrator
8 may 2024, 20:21
Bugun "Real" yarim finalning javob bahsida "Bavariya"ni qabul qiladi.

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

Ma'lumot uchun, YCHL yarim finalining ilk o'yinida "Bavariya" va "Real" 2:2 hisobida durang qayd etishgandi. 

"Bavariya" – juda va juda yaxshi jamoa. O'tish fazalarida ularga teng keladigani yo'q. Ularda juda usta va xavfli hujumchilar bor. Eng zo'r o'yinimizni ko'rsatishimiz mumkin va shunga harakat qilamiz. 

YCHL finali – mavjud o'yinlar ichida eng zo'ri. Bu o'yinda ishtirok etishni barcha istaydi. U yerda yana bir marta bo'lishni istayman", -deydi Karlo Anchelotti.

Ma'lumot uchun, "Real" "Bavariya" o'rtasidagi javob bahsi, bugun soat 23:59 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Eurosport