Anchelotti "Barselona"ning yangilangan tarkibi xususida nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2022, 21:24
Mutaxassis kataloniyaliklarning transfer bozoridagi faolligidan hayratda.

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"ning yangilangan tarkibiga yuqori baho berdi.

"Menimcha, "Barselona" fantastik jamoa tuzmoqda, lekin men faqat "Real Madrid" haqida qayg'uraman. Men o'z jamoamga e'tibor qaratishim va boshqalarga qaramasligim kerak. "Barsa" – har doim hurmat qilinishi kerak bo'lgan jamoa. Klub ushbu mavsumda oxirigacha kurashadigan raqibimizga aylanadi", – dedi tajribali mutaxassis.

Oldinroq "Real" ustozi Modrich, Toni Kroos va Kazemiro haqida fikr bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo