Anchelotti: "Balotelli "Milan"da qolishi kerak. Poygalar otlarda yutiladi, eshaklarda emas"

Tolibjon Qosimov
29 noya 2013, 14:26
Uzoq vaqt davomida "Milan"da ishlagan "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Rossonerilar" rahbariyati Mario Balotellini sotmasligi kerak deb hisoblashini ta'kidladi.
"Balotellini so'zsiz "Milan"da olib qolish shart. Chunki u xarakteri jihatdan buyuk chempiondir. G'alabalarga faqat shunday futbolchilar bilan erishiladi. Poygalarda eshakdagi qatnashchilarmas, otlar bilan borganlar zafar quchishadi", deya mutaxassis so'zlaridan italyan matbuoti iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com