Anchelotti Azarga ishonadi. Murabbiy Eden "Real"ning muhim o'yinchisiga aylanishi mumkin deb hisoblaydi

Alisher
1 okt 2021, 14:57
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Eden Azarga ishonishda davom etadi.

Italiyalik mutaxassis belgiyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning muhim futbolchisi bo'lishi mumkin deb hisoblaydi.

Murabbiy 30 yoshli o'yinchining ishidan mamnun va Azarni Madrid klubiga kerak deb hisoblaydi. Bunga ayrim muxlislarning vingerga noroziligi ta’sir qilmaydi.

Azar joriy mavsum 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca