Anchelotti: "APL barcha ligalardan oldinda"

Sherzod Nurmatov
2 sen 2022, 21:52
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL klublarining moliyaviy ustunligi haqida gapirdi.

“Bu qachon to'xtashini bilmayman. Ularga yaqinlashish, o'yin sifatini, muhitni yaxshilash, yangi stadionlarni foydalanishga topshirish – nafaqat Ispaniyaning, balki barcha ligalarning maqsadi.

APL telehuquq narxi hisobiga ancha oldinga o'tib ketdi. U barcha ligalardan oldinda. U yerda atmosfera yaxshiroq, zo'ravonlik yo'q, stadionlar doim to'la, zamonaviy arenalar ko'p.

Ularda ustunlik bor. Qolgan ligalarning maqsadi men aytib o'tgan barcha jihatlarni yaxshilash bo'lishi kerak", – dedi "qirollik klubi" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca