Ananaviy "Granatkin Kubogi" start oldi, Osiyodan to'rtta jamoa qatnashyapti

Xayrulla Xoliqov
6 iyun 2019, 16:53
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Valentin Granatkin xotirasiga bag'ishlab ananaviy turnir start oldi.

4 iyun kuni boshlangan musobaqada jami 12ta jamoa qatnashyapti. Ular orasida Osiyodan to'rtta jamoa bor: Hindiston, Tojikiston, Qirg'iziston va Eron. 

Ushbu musobaqa har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadi va bu yilgi turnirda 12ta jamoa qatnashyapti. Ma'lumot uchun, Valentin Granatkin o'z vaqtida taniqli sobiq ittifoq futbolchisi bo'lgan, shuningdek 1955-1979 yillar oralig'ida FIFA birinchi vice-prezidenti lavozimida ishlagan. 

Ushbu musobaqada 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etyapti. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham o'z vaqtida "Granatkin Kubogi"da uch marta qatnashgan: 2002, 2004 va 2010 yillarda. Shundan beri bizning futbolchilar bu musobaqaga borgani yo'q. 

Quyida musobaqaning guruh o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz: 

"A" guruhi - Bolgariya, Moldova, Rossiya, Hindiston

"B" guruhi - Gretsiya, Tojikiston, Turkiya, Qirg'iziston

"C" guruhi - Argentina, Armaniston, Rossiya-2, Eron


4 iyun 

Bolgariya - Moldova 0:0 

Rossiya - Hindiston 3:0


5 iyun

Gretsiya - Tojikiston 4:4

Argentina - Armaniston 2:0

Turkiya - Qirg'iziston 1:0 

Rossiya-2 - Eron 2:1 


6 iyun

Moldova - Hindiston 2:1 

Rossiya - Bolgariya 


7 iyun

Tojikiston - Qirg'iziston 

Armaniston - Eron 

Turkiya - Gretsiya

Rossiya-2 - Argentina


9 iyun

Hindiston - Bolgariya

Eron - Argentina

Moldova - Rossiya

Armaniston - Rossiya-2


10 iyun

Qirg'iziston - Gretsiya

Tojikiston - Turkiya 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia