"Granatkin Kubogi". Argentina - chempion!

Xayrulla Xoliqov
15 iyun 2019, 17:06
Sankt Peterburg shahrida tashkil etilgan navbatdagi Valentin Granatkin xotira turniri o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqaning hal qiluvchi final bahsida Argentina va Rossiya yoshlar terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi va bunda 1:0 hisobida Argentinaning qo'li baland keldi. Shu tariqa Messi vatandoshlari ushbu turnirda g'oliblikni qo'lga kiritishdi. 

Aleksandr Kerjakov boshqaruvidagi jamoa ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Turkiya U-18 jamoasi Rossiya-2ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Musobaqada Osiyodan to'rtta jamoa qatnashdi va eng yaxshi natijani Eron qayd etdi. Eronliklar 6-o'rinni band etishdi.

 

FINAL. Argentina - Rossiya 1:0

3-o'rin uchun bahs. Turkiya - Rossiya-2 4:2


Chempion: Argentina

2-o'rin: Rossiya

3-o'rin: Turkiya

4-o'rin: Rossiya-2

5-o'rin: Gretsiya 

6-o'rin: Eron

7-o'rin: Bolgariya

8-o'rin: Moldova

9-o'rin: Armaniston  

10-o'rin: Qirg'iziston 

11-o'rin: Tojikiston

12-o'rin: Hindiston

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: granatkin.com