Ana xolos! "Yuventus" Ikardi uchun Dibaladan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
20 apr 2019, 00:55
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, 26 yoshli argentinalik "Inter"ga o'tadi. "Yuventus" klubi vakili "Inter" rahbarlari bilan uchrashgan va Dibalani Ikardiga almashtirish borasida muzokara o'tkazgan.

Ikki futbolchining ham transfer narxi 100 million evroga teng. Dibalaning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

Oldinroq Ikardi "Inter"da qolishi aniqligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport