Amorim yanvarda "Manchester Yunayted"ni kuchaytirishga chaqirdi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025, 11:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yanvar oyidagi transfer oynasida jamoani kuchaytirish lozimligini ta'kidladi.

"Qishki transfer oynasi? Iloji bo'lsa, jamoani yaxshilashga va nima bo'lganini tuzatishga harakat qilaylik", – dedi Amorim.

8 noyabr kuni "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" APL o'yinida gol urish bo'yicha shou ko'rsatdi: jamoalar jangovar durang qayd etdi.

MYU 11 o'yindan so'ng 18 ochko bilan APL jadvalida 8-o'rinda bormoqda. Amorim jamoasi xalqaro tanaffusdan keyin - 24 noyabr kuni "Everton" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano