Amorim: "Rim Papasi ham meni qarorimni o'zgartirishga majbur qila olmaydi"

Khoja
20 sen 2025, 08:56
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim hech kim uning taktikkasini o'zgartirishga majbur qila olmasligini ma'lum qildi.

"Meni hech kim taktikamni o'zgartirishga majbur qila olmaydi. Xattoki Rim Papasi ham! Bu mening ishim, har bir holatga men javob beraman. Futbol - mening hayotim. Biz o'zgarishlar davridamiz. O'zgarishni eng pastki bo'g'indan boshlashiiz kerak. Shunda natija bo'ladi. Bir o'ylab ko'ring: bosim ostida o'z yo'limni o'zgartirsam, futbolchilarim menga qanday qarashadi? Ular ham menga bo'lgan munosabatini o'zgartiradilar. Shunday ekan, men o'z fikrimdan voz kechmayman", - dedi Amorim.

Eslatib o'tamiz, MYU APLning 4-turidan so'ng 4 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog'onasida ketmoqda. Jamoa navbatdagi Turda "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: skysport