Amirhussayn Hussaynzoda: "Hakamlar O'zbekiston foydasiga qaror qabul qilmoqda"

Sherzod Nurmatov
8 sen 2025, 18:04
Eron terma jamoasi yarim himoyachisi Amirhussayn Hussaynzoda CAFA Nations Cup-2025 finalidagi raqib O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekistonga qarshi o'ynash hamisha qiyin bo'lgan. Bu safar biz ular bilan o'z yurtida va muxlislari qo'llab-quvvatlashi ostida uchrashmoqdamiz, shuning uchun oldimizda yanada mushkulroq vazifa turganini shubhasiz his qilmoqdamiz.

O'tgan o'yinda o'zbekistonliklarning raqibi tarkibidagi futbolchi kutilmaganda qizil kartochka olganiga guvoh bo'ldik. FIFA nazorati sustroq bo'lgan bunday musobaqalarda bazan O'zbekiston foydasiga qarorlar qabul qilinishi kuzatiladi.

Infantinoning ishtiroki Osiyo futboli va ushbu turnir uchun ijobiy holat hisoblanadi. Uning ishtirokida g'alabaga erishishimizga umid qilaman. Albatta, ayrim holatlar bizning nazoratimizdan tashqarida, biroq hakamlarning xatolari natijaga ta’sir ko'rsatmasligi uchun o'yinlarga minimal xavf bilan yondashishga harakat qilamiz", – dedi 24 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, CAFA turniri finali Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida o'tkaziladi. Bahs 19:30 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mehrnews