
Biroq bunga Al Ayn shahri jamoasi rahbariyati rozilik bildirmagan. Ular mazkur yarim himoyachi o'zini mashg'ulotlarga borib ko'rsatish saviyasidan o'tib bo'lgan futbolchi deb londonliklarga javob qaytarishgan. "Amir xalqaro uchrashuvlarda o'z mahoratini namoyish etib bo'lgan. Sizda unga va klubga aniq taklif bo'lsa, murojaat etishingiz mumkin", deyiladi bayonotda.
Ushbu futbolchi BAA olimpiya terma jamoasi safida Olimpiadada, shuningdek, milliy terma jamoa va klubi tarkibida ajoyib o'yinlari bilan ko'pchilikning e'tiborini tortgan. Abdulrahmonni Osiyodagi eng yaxshi pleymeykerlardan biri sifatida etirof etishmoqda.
Behzod Nazarov tayyorladi