Amerika kubogi. Final uchrashuvini braziliyalik hakam boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2016, 15:58
27 iyun kuni tongda Amerika kubogi final o'yini bo'lib o'tadi.

Argentina va Chili terma jamoalari dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00da bosh sovrin uchun maydonga tushishadi. O'yinni braziliyalik Xeber Lopes boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi.

Ertaga tongda esa AQSH va Kolumbiya jamoalari o'rtasidagi 3-o'rin uchun bahs bo'lib o'tadi. Soat 05:00da boshlanadigan o'yinni urugvaylik Daniel Fedorchuk boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

AQSH - Kolumbiya
Bosh hakam:
Daniel Fedorchuk (Urugvay)
Qanot hakamlari: Richard Trinidad (Urugvay) va Luis Sanchez (Venesuela)
Zaxira hakami: Yadel Martinez (Kuba)
Beshinchi hakam: Gabriel Viktoriya (Panama)

Argentina - Chili
Bosh hakam
: Xeber Lopes (Braziliya)
Qanot hakamlari: Kleber Lusio Gil (Braziliya), Bruno Boschilla (Braziliya)
Zaxira hakami: Roberto Garsiya Orozko (Meksika)
Beshinchi hakam: Xose Luis Kamargo (Meksika)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia