Amadu Diavara kecha Messi, Ibragimovich, Neymar qila olmagan ishni amalga oshirdi

Omonjon To`xtamirzayev
18 okt 2017, 13:42
Kecha tunda Chempionlar Ligasi 3-tur doirasida "Man Siti" o'z maydonida "Napoli"ni qabul qildi.

Mehmonlarning uchrashuvdagi yagona golini yarim himoyachi Amadu Diavara penaltidan kiritdi. 

E'tiborlisi, "Man Siti"ning Chempionlar Ligasi bahslaridagi raqiblari bungacha ketma-ket 6 penaltidan gol ura olmagan edilar. 

Nuqtadan adashganlar ro'yxatida nomdor futbolchilar borligi kishini yanada ajablantiradi: 

• Messi
• Raffael
• Ibragimovich
• Neymar
• Falkao
• Mertens


Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 1997 yilda tavallud topgan. Qoyil, Amadu Diavara!


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta