Alves "Barselona"dan yanada yaxshi shartnoma kutishda davom etyapti

Aslanov Jasurbek
14 may 2015, 15:19
"Barselona" rahbariyati va himoyachi Dani Alves o'rtasidagi muzokaralar yakunlangani yo'q.

Kataloniya klubi oldinroq futbolchiga moliyaviy shartlari yaxshilangan yangi shartnoma taklif qildi. Ammo Alves o'zini bundan ko'prog'iga munosib deb hisoblayapti va yangi bitimni kutmoqda.

Avvalroq Dani Alves klub bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirishi ma'lum qilingan edi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com