Alvaro Morata "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin!

Mirjalol Normatov
14 avg 2022, 18:29
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.

"The Athletic" xabariga ko'ra, ingliz klubi futbolchini 33,5 million evroga sotib olishga rozi bo'lgan. Uning transferini jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag istamoqda.

O'tgan mavsumda 29 yoshli futbolchi ijara asosida "Yuventus"da o'ynadi va 48 o'yinda 12 gol urdi. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi yana 2 mavsum amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic