Allegri "Yuventus"ni tark etadi

Aslanov Jasurbek
9 may 2019, 10:14
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o'z vazifasini tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis va klub prezidenti Andrea Anelli transfer kampaniyasining muhokamasi paytida bu qarorni qabul qilishdi.

Italiyalik mutaxassis PSJ variantiga qiziqish bildiryapti. Allegri o'rniga "Yuventus" vice-prezidenti qo'llab-quvvatlayotgan Antonio Konte da'vogarlik qilmoqda. Konteda "Inter" varianti ham mavjud.

Allegri 2014 yilda "Yuventus"ga kelgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset