Allegri "Yuventus"ga qaytishga tayyor, faqat bitta shart bilan

Sherzod Nurmatov
18 apr 2021, 00:23
"Yuventus" sobiq ustozi Massimiliano Allegri Turin klubiga qaytishini istisno etmadi.

"II Giornale" xabariga ko'ra, murabbiy faqat bitta shart bajarilgan taqdirda "keksa sinora"ga qaytishga tayyor.

Allegri jamoa sport direktori Fabio Paratichi va u bilan ziddiyatda bo'lgan vice-prezident Pavel Nedvedning ishdan olinishini talab qilmoqda.

Allegri "Yuventus"ni 2014 yildan 2019 yilgacha boshqargan va jamoa bilan 11 ta sovringa ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: II Giornale