Allegri Pyanichni "Yuventus"ga qaytarmoqchi

Alisher
29 may 2021, 15:01
"Barselona"da o'zini kursata olmayotgan xavbek Miralem Pyanich "Yuventus"ga qaytishi mumkin.

"Keksa sinora" yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 31 yoshli futbolchining qaytarilish tarafdori.

"Ko'k-anorranglilar" Miralemni 50 million evroga sotishga tayyor. Turin grandini "Barselona"ning so'rovi qondirmaydi, tomonlar o'yinchining ijarasini muhokama qilishadi.

Bosniyalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes