Allegri Moratani yana bir yil "Yuventus"da qoldiradi

Alisher
31 may 2021, 07:52
"Yuventus" yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri tarkib borasida bosh qotirmoqda.

Oldinroq, bosh murabbiy Paulo Dibala va Jorjo Kellini bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekalngini ma'lum qilingandi.

Allegrining keyingi qadami "Atletiko" bilan forvard Alvaro Morataning ijarasini yana bir yilga uzaytirish. Turin klubi bu uchun 10 mln evro to'laydi Morataning shartnomasida ehtimoliy xarid qilish huquqi 45dan 35 mln evroga kamayadi.

Bu ispaniyalikning "keksa sinora"dagi ikkinchi ijarasi. U oldinroq "Yuventus"da 2014-2016 yillar ("Real"dan)da o'ynagan.

Morata o'tgan mavsum 44ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia