

Roberto De Dzerbi "Yuventus" ustoziga aylanishi mumkin, deya xabar berdi "Daily Mail". "Keksa sinora" mutaxassisning bir necha oy ichida "Brayton"da qilgan ishlaridan hayratda. Bungacha De Dzerbi "Shaxtyor" va "Sassuolo" klublarida ishlagan.
Shuningdek, "Yuventus" Antonio Konte va Zinedin Zidan variantlarini ko'rib chiqmoqda. Biroq ochkolar olib qo'yilgach, turinliklarning yangi kelajak uchun istiqboli hozircha noma'lum. "Yuventus" kamida evrokuboklarning keyingi mavsumini o'tkazib yuborishi mumkin.



