Allegri Chempionlar ligasining favoritlarini aytdi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2021, 20:33
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar ligasining ushbu mavsumdagi favoritlarini sanab o'tdi.

- Sizningcha, Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun qaysi klublar favorit hisoblanadi?

- "Liverpul", "Bavariya", "Manchester Citi", "Real Madrid" va PSJ, - dedi turinliklar ustozi.

Eslatib o'tamiz, keyingi bosqich masalasini allaqachon hal qilib bo'lgan "Yuventus" guruh bosqichining so'nggi turida "Malme"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 22:45 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA