Allegri: "Bu safar Buffon va muxlislar uchun finalni yutishga urinamiz"

Narzulla Saydullayev
10 may 2017, 10:40
"Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri YCHL yarim finali doirasidagi "Monako"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Monako" ikkala o'yinda ham sifatli o'yin ko'rsatdi. Bu qobiliyatli yigitlar maqtovga loyiqlar. Umid qilamanki, bu safar Buffon va muxlislarimiz uchun finalni yuta olamiz. Bunday YCHLda o'ynash oson emas. Hali bu mavsumda hech nima yutmadik, shu bois ertaga chempionatni o'ylaymiz.

Tarkibdagi futbolchilarni kuchaytirish mening ishim. Uch yil ichida ikkinchi bor finalga chiqish - oson ish emas, "Yuventus" futbolchilarini tabriklayman, - deydi Allegri beIN Sports kanaliga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: beIN Sports