Allegri 1:5 haqida: "Haqli mag'lubiyat"

Aziz Tukhtamuradov
14 yanv 2023, 09:10
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Napoli"ga qarshi o'yindan mag'lubiyatdan so'ng (1:5) o'z fikrlarini bildirdi.

"Raqib o'yinni yaxshi o'tkazdi. Bizga esa kuch va energiya yetishmadi. 

0:2 bo'lib turgan vaziyat biz uchun ushbu o'yindagi eng yaxshi payt edi. Bu futbol. Bunaqalari 1 yilda 1 marta bo'ladi. Endi o'zimizga kelib olishimiz kerak. Oldinda yana ko'plab o'yinlar bor. 

Istalgan vaziyatda gol o'tkazib yuborgandek ko'rindik. Bu haqli mag'lubiyat. Biz oson gollarni o'tkazib yubordik. O'yinda bunday xatolarga yo'l qo'yib, gol o'tkazib yubormasdan tugatish qiyin. 

Biz to'xtab qolishimiz kerak emas. Chunki, bungacha 8 ta o'yinda ketma-ket g'alabaga erishib kelayotgandik. Shu yo'lga qaytishimiz kerak. 

Mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilgan holda oldinga borishimiz lozim", - dedi Allegri. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sport Mediaset