Alkaser: “Sancho hali ham yosh bola”

5 sen 2019, 07:45
“Borussiya D” hujumchisi Pako Alkaser jamoadoshining imkoniyatlarini yuqori baholadi.

“U hali ham yosh bola, axir endigina 19 yoshga kirdi. Ammo shunga qaramay, Sanchoda dunyo darajasidagi futbolchi bo'lish uchun hamma narsa etarli. Agar Jeydon chin dildan ishlashda davom etsa, u aniq dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi”,-deydi Pako.

Ma'lumot uchun, Sancho Bundesliganing ortda qolgan 3 ta turida 2 ta gol urdi va 3 ta assistni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es