Alkantara safdan chiqdi. U o'tkazib yuboradigan taxminiy muddat ma'lum

Eldor Akmurzayev
9 avg 2022, 10:00
“Liverpul” yarim himoyachisi Tyago Alkantara APL 1-turi doirasida “Fulxem”ga qarshi (2:2) bahsda jiddiy jarohat oldi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchi tizza paylarini shikastlab olgan. Xavbekning safga qaytishi uchun 6 haftaga yaqin muddat talab etiladi.

31 yoshli ispaniyalik o'tgan o'yinning 51-daqiqasida oyog'iga zarba berilishi oqibatida o'zida og'riq his etgani tufayli zaxiraga olindi va uning o'rniga Xarvi Elliot maydonga tushirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic