Alisher Nikimbaev: "Mundial uchun faqat bitta maydonni tomoshabinlar sabab qabul qilmay turibmiz"

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2022, 12:30
Qatar futbol assotsiatsiyasidi xodimi Alisher Nikimbaev JCH-2022 bahslari o'tkaziladigan maydonlarning holati haqida gapirdi.

"Qatar mundialni o'tkazishga tayyor. 7 ta stadion 100% tayyor. Ular sinovdan o'tkazilgan. Faqatgina bitta stadion rasmiy tarzda qabul qilingani yo'q. Undagi muammo maydon holati yoki kiyinish xonalari emas, balki muxlislarning tashrif buyurishida. Masalan, 86 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan maydonga tashrif buyuradigan muxlislarning metrodan chiqib, ichkariga kirishi uchun ma'lum vaqt kerak bo'ladi. Ularning ko'pchiligi bir vaqtda tashrif buyuradi va bu ichkariga kirishda tirbandlik keltirib chiqarishi mumkin. Yodingizda bo'lsa, yaqinda bo'lib o'tgan YCHL finalida shunday muammo yuzaga kelgandi. Shu bois, bunday holat kuzatilishining oldini olish zarur. Jamoalar uchun maydon tayyor. Ular bugunoq tashrif buyurib, o'yin o'tkazishi mumkin. Faqatgina muxlislarga sharoit yaratish bilan bog'liq muammo mavjud. Shuni tekshirmasdan turib, musobaqani qabul qilib bo'lmaydi. Avgust-sentyabr oralig'ida uchrashuv o'tkazsak, keyin uning tayyor ekanligini ayta olamiz", - dedi Nikimbaev.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia