UZ

Сўнгги янгиликлар

01:59АПЛ. "Брайтон" ғалабани сақлаб қола олмади  0 01:57ОФК Кубоги-2021. Шамол, тўплар билан нишонга олинган Бозоров. "Насаф"нинг қувноқ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 01:52А Серия. "Рома" "Рим дербиси"да зафар қучди  0 01:41"Бешиктош" – Туркия чемпиони!  1 01:19"Камп Ноу"да "Барселона" футболчиларининг севимли таомлари пишириладиган кафе очилди  0 00:57Икарди ПСЖдан кетишни ният қилмоқда  0 00:45Беларусь чемпионати. БАТЭ ва "Шахтёр" иродали ғалабага эришди, Умаровдан голли узатма!   0 00:30Olamsport: "Бизда ҳақиқий "МЮ" формасига пул йўқ эди", Муроджон Аҳмадалиевнинг жанги бўйича аукцион ўтказилади  0 00:15Зидан кетса, ўрнига Рауль келади  4 23:54Давид Луиз Бекхэмга тегишли клубга таклиф этилади  0 23:33"Фиорентина" сотилади. Клуб нархи ва келишув шартлари маълум  3 23:09"Лестер" - Англия Кубоги соҳиби!  165 23:06Суперлига. 8-тур лауреатлари  3 23:02А Серия. 3 та пенальти, 2 та қизил ва 5 та гол — "Ювентус" курашни давом эттиради  43 22:58А Серия. "Рома" – "Лацио". Асосий таркиблар маълум  4

Алишер Никимбаев Европа Суперлигаси ҳақида қандай фикрда? Янгиликлар

Алишер Никимбаев Европа Суперлигаси ҳақида қандай фикрда?

Таниқли футбол мутахассиси Алишер Никимбаев Европа Суперлигаси ҳақидаги ўз фикрларини баён қилди.

"Суперлиганинг яратилишига бўлган муносабатим (эслатиб ўтаман, биз Европа Суперлигаси ҳақида гапирмоқдамиз) салбий. Мен, яъни "Манчестер Юнайтед" мухлиси ва 20 йилдан ортиқроқ вақт давомида футбол тузилмаларида ишлаган инсон сифатида миллий чемпионатлар ва терма жамоалар барчасидан устундир. Шунингдек мен ҳам мавжуд қоида ва регламентларга риоя этиш зарур деб биламан. Суперлиганинг яратилиши эса ушбу қоида ва регламентларга зиддир.

Аммо, бу кўпроқ  футбол руҳиятига ҳам зиддир. Катта клубларнинг чемпионат ва Чемпионлар Лигасидаги иштироки лигалар ва УЕФАга пул ишлаш имкониятини беради, бу эса кичик клублар ва катта бўлмаган футбол федерацияларининг ривожланишига кетади. УЕФА Чемпионлар Лигасидан тушадиган маблағни ҳатто ҳеч қачон гуруҳ босқич ўйинларини қабул қилмаган мамлакатлар билан ҳам бўлишади. Катта клубларнинг чиқиши ва бошқа мусобақанинг ташкил этилиши УЕФАнинг даромадини, балки барча аъзо ассоциацияларнинг ҳам даромадини пасайтиради.

Бундан ташқари, футболчиларнинг дисквалификацияси терма жамоаларни ҳам кучсизлантиради ва ФИФА, жумладан ёшлар ва аёллар мусобақаларига бўлган қизиқишни камайтириши мумкин. Бу ФИФАнинг ҳам даромадига таъсир кўрсатади.

Албатта, бундан футболчилари суперклубларда ўйнамайдиган терма жамоалар ютиши мумкин. Масалан, Россия ёки Осиё жамоалари. Аммо, бу ютуқларнинг аҳамиятини кескин тарзда пасайтиради, шундай экан хурсанд бўлишга ўрин йўқ.

Бир неча йиллардан буён ёпиқ лига сифатида мавжуд бўлган ва миллий чемпионатлардаги иштирок орқали деярли ўтиш имконсиз бўлган Евролигаси бор баскетболни футбол билан таққослаш керак эмас. У ерда алоҳида мавжуд бўлган ва Европа учун ўзига хос маёқ бўлган НБА аллақачон мавжуд эди. Футболда 160 йилдан буён бошқа қадриятлар устувор" - деб ёзади Алишер Никимбаев телеграмдаги ўз каналида. 

→ LIVE  Европа Суперлигаси. Мусобақа борасидаги барча хабарлар битта саҳифада

Рейтинг: +13   

Фикрлар

+15   
19 апр 13:24:33
DavrON€
Bechora Sport kanalimiza) keyingi yilni chempionlar ligasini sotvoganidi
+6   
19 апр 13:23:35
Mr Aziz
Bu noto'g'ri. Chunki agar bu chempionat bo'lib o'tsa. Apl va La liga A seria o'yinlariga qiziqish pasayadi.
Hozirgi tizimni o'zi yaxshi. O'rtamiyona kulublar kegin nima uchun harakat qiladi. Supper ligada esa ularga non yoq. Chempionatda ham aksariyad kulublar yevro musobaqalarda ishtrok etish uchun kurashadi va kuchli 5 ta lik uchun intiladi.
Bundan tashqari chempionati uncha kuchli bo'lmagan kulublar nima qiladi. Nima uchun futbol o'ynidi maqdad nima? Shu kabi muamolar kelib chiqadi.
Tassavur qilin shu musobaqa Osiyoda tashkil etildi. Va bizdan doimo Paxtakor qatnashishi belgilab qo'yildi.
Xo'sh bu kimga foyda qogan kulublarimiz nima uchun kurashadi maqsad o'zimizni chempionat xo'sh keginchi?
Shu sababdan bunga yo'l qo'ymaslik kere. Chunki biz intiqlik bilan tomosha qiladiga YCHL shundoq ham qiziqarli.
Yaxshisi bu supper ligani yozda tig'iz taqvimda tashkil etish kere. Futbolchilarga qiyin.
Hullas kimnigdur qorni qapayishi yoki mo'may daromad olishi uchun butun boshli tizimni yo'q qilib bo'lmaydi.
Futbolchilarni ham o'ylash kere.
Bundan tashqari futbol muxlislar uchun. Menimcha ko'pchilik muxlislar xam mendek fikirlashsa kere.
Futbolda o'zicha amerika yartmoqchi kimladur.
Futbolga qo'shimcha yengili kerak emas bo'lmasa u jozibasini yo'qotadi.
Shundoq ham VAR futboga tasir qilmoqda.
Varni faqat Afsay va gol bo'lgandi holatga aralashsa yaxshi bo'lardi. Jarima maydoni ichidagi qoidabuzarliklar ga aralashib penaltiy qo'yib futbolni jozibasiga tasir qilmoqda.
Futbol myxlislar uchun o'ynaladi. Futbolni biznesga aylantirmaylij. Birinchi o'rinda tomosha bob futbol bo' lsin qogani ikkinchi o'rinda.


+3   
19 апр 13:28:43
Холмирзаев Комил
Бу оддийрок айтса бой бойга бокар сув сойга уртамиеналар нима килади Козогистонга Реал хеч квчон келмайд табакалаш булиб кетади
+2   
19 апр 13:30:51
Achchiq bo'lsayam haqiqat yaxshi
Бу мусобақаларда тушунишим бўйича дунёнинг энг кучли клублари қатнашиш истагини билдиришмоқда ва бу дегани барибир европани ўз измига солиб олса керак катта балиқлар чунки европа футболини обрўси бўлиб юрганлар ЕЧЛ қолиб шу турнирга қизиқиб қолишибдими қолганлар мажбур шу йўлга юрса керак
+2   
19 апр 13:20:39
Холмирзаев Комил
Никимбаев 100 фоиз хак кушиламан
+1   
19 апр 15:35:28
Хамма раксга тушсин ' . '
Aslida Superliga ģoyasi juda ham yaxshi . Bu albatta klublar uchun katta daromad. Aslida ham shunday bølish kere. Nega deysizmi Katta klublar katta harajat qilishadi, ularning nomlari sabab katta daromad keladi. Ammo pul ørtada arra bøladi. Tøģri kuchsiz klubga bundan foyda dersiz ammo katta klubning harajatlarichi. Oddiy misol keltiraman Man Yunayted qozoģistonga òynagani borganda stadion deyarli tøldi ammo keyingi bahslar unchalik katta qiziqish uyģotmadi sababi u yerda yulduzlar yòq. Ana endi øylang øsha Qozoq klubi Myudan foyda kørdi gurux bahsida øynagani sabab yana pul oldi Myu bilan bir hil ammo Myu qilayotgan harajatlari hisobga olinganda bu katta oltin tuhum edi Qozoq klubi uchun. Myuga esa katta harajat. Shu sabab bilan kòplab klublar birinchi øyinlarni kichikroq hisobda bølsada totalizatorga sotishmoqda. Harajatlarni qoplash uchun. Oqibatda futbol òlmoqda. UEFAdan klublar shunchaki summani tøģri taqsimlashni sørashmoqda. Ammo UEFA bunga kønmayabti shu sabab barcha harajati katta klublar shu ishni amalga oshirishmoqchi. Keyin bu ikki yildan keyin hammani joniga tegadi deyotganlar diqqatiga unday bølmaydi. NXL NBA Euroliga hali ham katta qiziqishlar doirasida. Futbolchilarda esa motivatsiya paydo bøladi øsha klubga øtish uchun tak chto . Peres va Glezerlar haq. Superliga ChLdan qiziq bòladi. Sababi u yerda pul bir hil uje øyinga totalizatorni aralashtirishni ehtiyoji qolmidi. Va biz yana øsha eski hayajonlarga boy deyarli tinmas extirosli futbolni kòramiz.
+1   
19 апр 15:00:24
Hoffen Motorol
Курган одам курвуради.
Охирги пайт узи ЧЛни хам қизиғи қолмайдиган булиб қолди
+1   
19 апр 13:53:11
Mirshohid
Mirkomol фойдаланувчининг фикрига жавоб бериш
Nmaduri ozgartirmasa UFC futboldan otb ketvotudi
UFC osiyo futbolidan ham orqadaku
+1   
19 апр 13:39:54
Timur Bazarbaev
Сени фикринг кимгахам кизик эди нимани узгартира оларди
+1   
19 апр 13:39:46
Inomjon Boltayev
Yevropa superligasi hammani medasiga tegadi nega deganda Asalni ham ozi shirin shuning uchun bu chempionat kopga bormasliki 2 yildan song qiziqish sonsa kerak hamma kunda Bavariya Real Barsa Yuveni bir biriga oynashi organib qoladi keyinchalik tabiiy holdek korinadi nega JCH ni koramiz yangi nomlar yangi jamoalar va sensatsiyalar futbolni jozibasi sanaladi bir hillik medaga tegadi bu mening shahsiy fikrim agarda ichki chempionatlarga qiziqish kamaysa daromadi kamayadi va boshqa jamoalarda inqirozlar kuzatiladi futbolga qiziqish kamayishiga va hozirgi darajasi bir necha barobariga kamayadi huddi Italiyadagi korupsion holatga oxshab qoladi Italiyaliklar chempionati shu shavqtlar yagona edi keyin nima boldi hamma biladi
+1   
19 апр 13:31:20
Mirkomol
Nmaduri ozgartirmasa UFC futboldan otb ketvotudi
+1   
19 апр 13:20:30
Шахобиддин Мухаммад
Шу акани гапи ишонарли, ҳар ҳолда футболни ичида юрибди...
   
20 апр 01:08:46
Murodov M_13
Mr Aziz фойдаланувчининг фикрига жавоб бериш
Bu noto'g'ri. Chunki agar bu chempionat bo'lib o'tsa. Apl va La liga A seria o'yinlariga qiziqish pasayadi. Hozirgi tizimni o'zi yaxshi. O'rtamiyona kulublar kegin nima uchun harakat qiladi. Supper ligada esa ularga non yoq. Chempionatda ham aksariyad kulublar yevro musobaqalarda ishtrok etish uchun kurashadi va kuchli 5 ta lik uchun intiladi. Bundan tashqari chempionati uncha kuchli bo'lmagan kulublar nima qiladi. Nima uchun futbol o'ynidi maqdad nima? Shu kabi muamolar kelib chiqadi. Tassavur qilin shu musobaqa Osiyoda tashkil etildi. Va bizdan doimo Paxtakor qatnashishi belgilab qo'yildi. Xo'sh bu kimga foyda qogan kulublarimiz nima uchun kurashadi maqsad o'zimizni chempionat xo'sh keginchi? Shu sababdan bunga yo'l qo'ymaslik kere. Chunki biz intiqlik bilan tomosha qiladiga YCHL shundoq ham qiziqarli. Yaxshisi bu supper ligani yozda tig'iz taqvimda tashkil etish kere. Futbolchilarga qiyin. Hullas kimnigdur qorni qapayishi yoki mo'may daromad olishi uchun butun boshli tizimni yo'q qilib bo'lmaydi. Futbolchilarni ham o'ylash kere. Bundan tashqari futbol muxlislar uchun. Menimcha ko'pchilik muxlislar xam mendek fikirlashsa kere. Futbolda o'zicha amerika yartmoqchi kimladur. Futbolga qo'shimcha yengili kerak emas bo'lmasa u jozibasini yo'qotadi. Shundoq ham VAR futboga tasir qilmoqda. Varni faqat Afsay va gol bo'lgandi holatga aralashsa yaxshi bo'lardi. Jarima maydoni ichidagi qoidabuzarliklar ga aralashib penaltiy qo'yib futbolni jozibasiga tasir qilmoqda. Futbol myxlislar uchun o'ynaladi. Futbolni biznesga aylantirmaylij. Birinchi o'rinda tomosha bob futbol bo' lsin qogani ikkinchi o'rinda.
Ассаламу алайкум! Яхшимисиз? Сизни телеграмдаги "СА" сайтидандан йиғилган тажрибали ва савияли футбол муҳлислари гуруҳига таклиф қиламан. Гуруҳда ҳар хил жанжал ва ҳақоратли гаплар бўлмайди. Гуруҳ аҳил! Бизга қўшилинг, ҳурсанд бўлардик. Телеграмдан @m_mm_10 деб изланг М.М.М.10 ники чиқади ва шунга ёзинг.
   
19 апр 15:44:26
NBMALM
Mr Aziz фойдаланувчининг фикрига жавоб бериш
Bu noto'g'ri. Chunki agar bu chempionat bo'lib o'tsa. Apl va La liga A seria o'yinlariga qiziqish pasayadi. Hozirgi tizimni o'zi yaxshi. O'rtamiyona kulublar kegin nima uchun harakat qiladi. Supper ligada esa ularga non yoq. Chempionatda ham aksariyad kulublar yevro musobaqalarda ishtrok etish uchun kurashadi va kuchli 5 ta lik uchun intiladi. Bundan tashqari chempionati uncha kuchli bo'lmagan kulublar nima qiladi. Nima uchun futbol o'ynidi maqdad nima? Shu kabi muamolar kelib chiqadi. Tassavur qilin shu musobaqa Osiyoda tashkil etildi. Va bizdan doimo Paxtakor qatnashishi belgilab qo'yildi. Xo'sh bu kimga foyda qogan kulublarimiz nima uchun kurashadi maqsad o'zimizni chempionat xo'sh keginchi? Shu sababdan bunga yo'l qo'ymaslik kere. Chunki biz intiqlik bilan tomosha qiladiga YCHL shundoq ham qiziqarli. Yaxshisi bu supper ligani yozda tig'iz taqvimda tashkil etish kere. Futbolchilarga qiyin. Hullas kimnigdur qorni qapayishi yoki mo'may daromad olishi uchun butun boshli tizimni yo'q qilib bo'lmaydi. Futbolchilarni ham o'ylash kere. Bundan tashqari futbol muxlislar uchun. Menimcha ko'pchilik muxlislar xam mendek fikirlashsa kere. Futbolda o'zicha amerika yartmoqchi kimladur. Futbolga qo'shimcha yengili kerak emas bo'lmasa u jozibasini yo'qotadi. Shundoq ham VAR futboga tasir qilmoqda. Varni faqat Afsay va gol bo'lgandi holatga aralashsa yaxshi bo'lardi. Jarima maydoni ichidagi qoidabuzarliklar ga aralashib penaltiy qo'yib futbolni jozibasiga tasir qilmoqda. Futbol myxlislar uchun o'ynaladi. Futbolni biznesga aylantirmaylij. Birinchi o'rinda tomosha bob futbol bo' lsin qogani ikkinchi o'rinda.
Ajoyib yozibsiz. To'g'ri gap. Millatlar ligasini o'rniga qo'yish kk va yozda o'tkazish kk. Asosiy nazar pulga qaratilayotgan ekan, bu uchrashuvlarni boy shaharlarda o'tkazishsa muammo hal. Millatlar ligasidan ko'ra ancha tomoshabob bo'lardi YeS
   
19 апр 14:55:37
OBINO
Globalistlar degan toifani hamma eshitgan bo'lsa kerak. Xozir dunyoda eng katta kuchga ega toifa bular. Sionistlar va evangilistlardan ham oldinda. Ularni g'oyasi bo'yicha dunyoda chegaralar, davlatlar qolmasligi kerak. O'ylashimcha bu ligaga ham o'shalar pul tikkanov.
championat.asia
< сўнгги янгиликларни кўриш
Яндекс.Метрика