Alfonso Devis Belgiyaga qarshi o'yinga tayyor

Оқил Абдубарноев
20 noya 2022, 22:41
Kanada terma jamoasi yetakchilaridan biri Alfonso Devis jarohatidan to'liq forig' bo'lgan ko'rinadi.

"Men birinchi o'yinni dastlabki daqiqalardanoq boshlashga tayyorman", - dedi Devis.

Devisning takidlashicha, yakshanba kuni u hech qanday cheklovlarsiz mashg'ulot o'tkazadi.

23 noyabr kuni Belgiya va Kanada terma jamoalari o'rtasida jahon chempionati guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Kanada terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor mundialda ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bayern & Germany