Aleksis Sanches "Midlsbro" bilan uchrashuvda ishtirok eta olmasligi mumkin
Aslanov Jasurbek
13 fev 2015, 17:16
"Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches "Midlsbro"ga qarshi Angliya Kubogi uchrashuvida maydonga tusha olmasligi mumkin.
Bu haqda "to'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Venger ma'lum qildi.
"Remsi o'ynamaydi. Uning mushaklarida muammo bor. Sanches bu muddatgacha safga qaytishi qiyin. Jek Uilshir oyoqqa turdi, ammo formasini qayta tiklashi kerak" - deydi Venger.