Aleksis Sanches jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2017, 18:14
"Arsenal" va Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches milliy jamoa mashg'ulotida jarohat oldi.

18 iyun kuni chililiklar "Ochilish arenasi"da Kamerunga qarshi o'ynaydi.

Yarim himoyachi Martin Rodriges matbuot-anjumani davomida jamoadoshining jarohati borasida izoh berdi.

"U qanday futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz. Menga keladigan bo'lsa, turnirga tayyorman, maydonga chiqishdan xursand bo'laman" - deydi Rodriges.

Himoyachi Gonsalo Xara Aleksis jarohati haqida fikr bildirdi.

"Aleksis kecha oyog'idan zarba qabul qilib oldi, ammo havotirlanishga sabab yo'q. Menga hech narsa ma'lum emas, ammo bugun u mashg'ulotda ishlaganini ko'rdim" - deydi Xara.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia