

O'tgan mavsum "Andijon" bilan O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan Aleksandr Xomyakov "Buxoro" boshqaruvini qo'lga oldi. Endilikda bu mutaxassisda ketma-ket ikkinchi marotaba mazkur turnirda g'olib chiqish imkoniyati mavjud.
Aleksandr Xomyakov bu natija orqali Mirjalol Qosimov, Tachmurad Agamuradov, Ravshan Haydarov, Ro'ziqul Berdiev, Shota Arveladze, Andrey Miklyaev kabi mutaxassislar qatoridan joy olishi mumkin, chunki bu murabbiylar ishlagan klublarida ketma-ket 2 va undan ko'p marotaba Kubokda zafar quchishgan.
Xomyakov esa 2024 yil "Andijon" bilan bu vazifaning uddasidan chiqqan.



