Aleksandr Xomyakov: "Har qanday jamoa kutilmagan syurpriz tayyorlab qo'yishi mumkin"

Administrator
8 avg 2024, 00:04
O'zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Navbatdagi bosqich yo'llanmasi bilan barchani tabriklayman. Yigitlarni, klub vakillarini, umuman hamma-hammani. Bizda jonkuyar muxlislar bor, ular uchun har doim har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Muxlislar tomonidan yorqin qo'llab-quvvatlash bizga qo'shimcha motivaciya beradi. Yigitlarga raxmat, ular oxirigacha harakat qilishdi.

- "Qizilqum"ning bugungi o'yin uchun tanlagan tarkibidan kelib chiqsak, natijadan qoniqdingizmi?

- Tushunarli, "Qizilqum" jamoasi bugun biroz yosh futbolchilardan iborat tarkib bilan o'ynadi. Har qanday jamoa kutilmagan syurpriz tayyorlab qo'yishi mumkin. Vazifamiz keyingi bosqichga qaratilgandi, buni uddaladik. 

- "Andijon" xalqaro maydon yo'llanmasini O'zbekiston kubogini yutish orqali hal qila oladimi?

- Keling, oxirigacha kuzataylik. Biz yarim finalga chiqdik, oldinda o'yinlar bor. Men hozir bizni jonkuyarlik bilan qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizni yarim final yo'llanmasi bilan tabriklamoqchiman.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia