Aleksandr Xomyakov: "Faqat natijadan qoniqdim xolos"

Narzulla Saydullayev
10 mar 2017, 19:26
"Mashal" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.
"Juda asabiy o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda tashabbus biz tomonda bo'ldi, bir-ikkita vaziyat yaratdik. Gol urganimizdan keyin pala-partishlikka yo'l qo'ydik. Tashabbus raqibga berib qo'yildi. "Metallurg" penalti ishlab olishdi, yaxshiyam darvozabonimiz bizni qutqardi. Faqat natijadan qoniqdim", - deydi Xomyakov.

"Mashal" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia