Aleksandr Xomyakov: "Bu juda katta yutuq va bayram"

Alisher
28 apr 2024
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Barcha-barchani, Andijon ahlini, jamoamizning har bir a'zosini, jonkuyar muxlislarni g'alaba va navbatdagi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayman. Bu juda katta yutuq va bayram. Yigitlar g'alaba bo'lgan kuchli ishtiyoq bilan harakat qilishdi va natijaga erishdik.

- Qo'lga kiritilgan o'ta muhim g'alabadan so'ng qanday emociyalarni his qilayapsiz? Jamoadagi kayfiyat qanday?

- Albatta, bu g'alaba barchamizniki. Bugun kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik. Barchada kayfiyat a'lo darajada.

- "Nasaf" ketma-ket 3 ta mavsumdan buyon kubokda bosh sovringa ega chiqayotgandi. Bu yil jamoa guruh bosqichida qolib ketayapti. Bunga munosabatingiz qanday?

- "Nasaf" hech bir shubhasiz eng zo'r jamoalardan biri. Bu jamoaga qarshi o'yinlarda hech kimga oson bo'lmaydi. Bugun ham ko'rdingiz, gol urgan jamoa yutib ketadigan o'yin bo'ldi. Yakunda ishtiyoq evaziga golni bizning jamoa kiritdi.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia