Aleksandr Golovin “Atletiko Madrid”ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

18 sen 2018, 07:10
Futbolchi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Bugun, 18 sentyabr sanasida YCHLning 1-turi doirasida “Monako” o'z uyida “Atletiko M”ni qabul qiladi. Monegasklar uchrashuv uchun qaydnomani e'lon qildi. Undan jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazayotgan rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin o'rin olmagan.

Darvozabonlar: Diego Benalo, Loik Badiashile;

Himoyachilar: Kamil Glik, Bendjamin Xenrixs, Jemerson, Andrea Raji, Julen Serrano, Jibril Sidibe;

Yarim himoyachilar: Jan-Ede Aolu, Yusef Ait Bennasser, Naser Shadli, Samuel Grandsir, Kevin NʼDoram, Yuri Tilemans, Adama Traore, Sofyan Diop, Mussa Silla;

Hujumchilar: Xordi Mbula, Radamel Falkao.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com