Aleksandr Alempievich: "Debyut o'yinimda bir nechta xatolar qildim"

Narzulla Saydullayev
10 fev 2016, 10:00
"Bunyodkor"ning yangi legioneri Aleksandr Alempievich "Al Shabab"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Tezkor gol urganimiz bizga yordam berdi. Oson bo'lmagan o'yinda debyut qildim. Bir nechta xatolar qildim, ammo umid qilamanki keyinchalik yanada kuchayib boraman".

"Guruh bosqichiga chiqish vazifasini uddaladik, endi navbatdagi vazifani bajarishga kirishamiz. O'ylashimcha guruhdan chiqa olamiz".

"O'zbekistonda o'zimni juda yaxshi his qilayapman. Barcha sharoitlar meni qoniqtirmoqda, hech qanday muammo yo'q".

"Olmaliq" yaxshi jamoa u yerdan yaxshi xotiralar va do'stlarim qolgan. Igor Shkvyrin juda yaxshi inson va murabbiy. Endi "Bunyodkor"ning g'alabalariga o'z xissamni qo'shmoqchiman", - deydi Aleksandr Alempievich.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia