Alderveyreldning jarohati jiddiy emas

Aslanov Jasurbek
19 okt 2016
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Vest Bromvich"ga qarshi bahsda (1:1) jarohat olgan jamoa himoyachisi Tobi Alderveyreld ahvoli haqida ma'lumot berdi.

"Tobi hafta yakunida maydonga tushishi aniq emas, chunki uning oyog'ida og'riq bor, ammo shikastlanish jiddiy emas.

Tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, hech qanday jarohat aniqlanmadi, ammo u to'liq safga qaytishini kutamiz" - deydi Pochettino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: squawka.com