"Al-Shabab"da g'alaba, Azizbek Haydarovdan golli pas

Aziz Tukhtamuradov
13 sen 2015
BAA chempionati 2-turi doirasida Azizbek Haydarov faoliyat olib borayotgan "Al-Shabab" jamoasi safarda g'alabaga erishdi.

Birlashgan Arab Amirliklari Pro-Ligasining 2-turida "Al-Shabab" jamoasi "Al-Vahda" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinning 49-daqiqasida Jo tomonidan kiritilgan gol Haydarov jamoadoshlariga g'alaba keltirdi. Hamyurtimiz o'yinni to'liq o'tkazish bilan birga, yagona golga assistentlik ham qildi.

BAA Pro-Ligasi

"Al-Vahda" - "Al-Shabab" 0:1

Gol: 49 -Jo.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia