"Al Shabab" asosan texnikaga tayanadigan futbolchilarga ega" - Husayn Norchaev

Sherzod Nurmatov
14 fev 2023, 17:26
Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in olib borayotgan "Nasaf" so'nggi nazorat uchrashuvida "Ordabasi" bilan to'qnash kelib, minimal g'alabaga erishdi (1:0).

Uchrashuvdan so'ng qarshiliklar hujumchisi Husayn Norchaevni suhbatga tortdik.   

"Bugungi uchrashuv rejadagidek o'tdi. O'rtoqlik uchrashuvlarida ko'proq kuch sarflashimiz va "Al Shabab" bilan bahsga tayyor bo'lishimiz kerak. Kayfiyatimiz a'lo. Xudo xohlasa, "Al Shabab"ni mag'lub etishga harakat qilamiz va yurtimizga yaxshi kayfiyatda qaytamiz", – deya gap boshladi Husayn Norchaev. 

- "Ordabasi"ning o'yin uslubi, jismoniy tayyorgarligi Yevropa kuchli klublarinikiga o'xshab ketdi...

- To'g'ri, ularning himoyachilari ko'proq bo'yi uzun va baquvvat futbolchilar ekan. Boshqa futbolchilari ham shunday. Ular shunday futbol o'ynaydi, 1-2 ta o'yinlarini ko'rgandim. "Ordabasi" tezlik va kuchga tayangan holda to'p tepadi. 

- Yig'indagi o'yinlar haqida qanday fikrdasiz? "Nasaf" 8 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi...

- Murabbiylar shtabi kuchli raqiblarni tanlagan ekan. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Xudo xohlasa, endi hammasini "Al Shabab" bilan bahsda ko'rib olamiz. 

- Jamoa nazariy mashg'ulotlarda "Al Shabab" ishtirokidagi uchrashuvlarni ham ko'rib bordimi?

-  Ha, o'rganib chiqdik. Xudo xohlasa, murabbiylar o'ziga yarasha yaxshi taktika tanlashadi.  

- Turkiya yig'inidagi raqiblar o'yini bilan taqqoslasak, "Al Shabab"ning o'yini qaysi jamoanikiga o'xshab ketadi?

- Ko'proq Gruziyaning "Dila" jamoasi (2:0 – tahr.) o'yini o'xshar ekan.  Jamoa asosan texnikaga tayanadigan futbolchilarga ega. "Al Shabab" ham xuddi shunday.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia