"Al Qodisiya" MYU qiziqayotgan hujumchiga 15 mln evro taklif qildi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2025, 21:05
"Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi "Sky Sport Italia".

Manbaga ko'ra, 25 yoshli italiyalik futbolchiga "Al Qodisiya" qiziqmoqda. Saudiya Arabistoni klubi futbolchiga yiliga 15 million evro maosh taklif qilishga, shuningdek, "binafsharanglilar"ga 52 million evro to'lashga tayyor. Avvalroq Kinga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Kin o'tgan mavsumda 44 ta o'yinda 25 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia