"Al Nassr" Zidanga 2 yil uchun 150 mln evro taklif qildi. Fransiyalik murabbiy taklifni rad qildi, chunki...

Narzulla Saydullayev
26 may 2023, 09:21
Zinedin Zidan Saudiya Arabistonida ishlash taklifni rad qildi.

Foot Mercato nashri xabariga ko'ra, "Al-Nasr" "Real" sobiq ustoziga ikki mavsum uchun 150 million evro taklif qildi. Ammo francuz bu taklifni rad qildi. Zidan Yevropa top-5 klublaridan birida ishlamoqchi.

Zidan 2021 yil "Real"dan ketganidan buyon ishsiz.

Ayni paytda "Al-Nasr" Saudiya Arabistoni ligasida 28ta o'yindan 63 ochko to'plab, 2-o'rinda bormoqda. Ar Riyod shahri klubida Dinko Yelichich bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlamoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: footmercato.net