

"Al Nassr" klubi futbolchisi Anderson Taliska jarohat oldi. Bu haqida klub rasman ma'lum qildi. Taliska chap oyog'ining orqa mushaklarini shikastlab olgan. Uning safga qaytishi uchun 3-4 hafta kerak bo'ladi. Futbolchi Braziliyaga qaytib, aynan u erda tiklanish jarayonini o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, yaqindagina “Al Nassr” himoyachisi Piti Martines ham chap tizzasidan jarohat olib, 6-8 oyoga safdan chiqqandi.



